Маърузалар

.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig'i X.Bektemirovning ma`ruzasi

      Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev “Maktabning yangi qiyofasini yaratmasak, maktab o‘zgarmaydi”, deb ta’kidlagan edilar.
Pedagog xodimlarimiz sifatli ta’lim-tarbiya berishlari, o‘quvchi- yoshlarimiz esa  munosib sharoitlarda ta’lim olishlari uchun, avvalo,  zarur shart-sharoitlarni yaratishimiz lozim.
Bu borada so‘nggi yillarda Xorazm viloyatida   salmoqli ishlar amalga oshirildi.
     Har yili investitsiya dasturlari asosida yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan umumta’lim maktablarining muddatidan oldin foydalanishga topshirilayotgani natijasida viloyatda  o‘quvchilarni boshqa joylarga ko‘chirib o‘qitish, ta’lim jarayonini olib borish uchun joy ajratish kabi muammolarga duch kelinmayapti.
    Bundan tashqari ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan maktablarga suvni tozalab beruvchi qurilmalarni o‘rnatish, atrofi o‘ralmagan maktablar atrofini o‘rash hamda ilg‘or pedagog va o‘quvchilarni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida viloyat hokimi tashabbbusi bilan salmoqli ishlar amalga oshirilgan.
   Bugungi kunda  nafaqat ta’lim muassasalarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, balki viloyatda ta’lim sifati va  samaradorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham salmoqli ishlar yo‘lga qo‘yilgan..
   Natijada bugungi kunda oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi bo‘yicha Xorazm viloyati Respublikada eng yaxshi natijalarni qayd qilib kelmoqda. O‘rta maxsus ma’lumotga ega o‘qituvchilar ulushi ham so‘nggi besh yilda qariyb 6 barobarga qisqarib, 2 foizga tushgan
   Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Chjeszyan provinsiyasi  bilan “Anji Play” dasturini Yangibozor tumanidagi 13-son, Xiva shahridagi 16-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda Renessans  DXSh asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tajriba-sinov tariqasida, kelgusida  4 ta tumanda joriy etish  yuzasidan memorandum imzolanib, bugungi kunda amaliy ishlar olib borilmoqda .
   Viloyatda  2025 yilda  viloyat hokimi tashabbusi bilan 105  nafar maktab o‘qituvchisi Fransiya, Turkiya, Koreya, Ozarbayjon davlatlariga, 16 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari Xitoy davlatida   malakalarini oshirgan bo‘lsa, 2026 yilning o‘tgan davrida 65 nafar pedagog xodim va tarbiyachilar Turkiya, Ozarbayjon va Fransiya  davlatlarida  malakasini oshirgan.
    Viloyat hokimligi tomonidan nafaqat pedagoglar, balki o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Viloyatdagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Hokim olimpiadasi”ni o‘tkazish an’anaga aylangan. Bundan tashqari  hokim stipendiyasi ham joriy qilingan bo‘lib, bunday e’tibor natijasida iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va respublika hamda xalqaro olimpiadalarga tayyorlashning yangi tizimi shakllandi.
 Ushbu samarali ishlar natijasida keyingi yillarda viloyat o‘quvchilari xalqaro va mintaqaviy  olimpiadalarda sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lmoqdalar.
2025 yilda aniq va tabiiy fanlar xalqaro olimpiadalarida 4 ta kumush, 7 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsalar, 2026 yilning o‘tgan 4 oyi  mobaynida 4 ta kumush va 6 ta bronza medali sohibi bo‘lganlar.
    Bitiruvchilarning  oliy ta’lim muassasalariga kirish natijalari 2023 yilda o‘rtacha 72 ballni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 81 ballni tashkil etdi.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 14 iyundagi 365-sonli qarori asosida Ayrim toifadagi oila farzandlarini (keyingi o‘rinlarda kambag‘al oila farzandlari deb yuritiladi) qo‘shimcha ta’lim(to‘garaklar)ga jalb qilish borasida bugungi kunga kelib
26 861 nafar farzand kelajak.uzedu.uz platformasi orqali qamrab olingan.
   Viloyat miqyosida jami 706 ta tashkilot (559 ta maktab, 147 ta o‘quv markaz)lar tomonidan jami 478 ta to‘garak tashkil etilgan.
Mazkur 478 ta to‘garakdan 23 tasi IT, 6 tasi kasb-hunar, 6 tasi kun uzaytirilgan guruhlar, 334 tasi umumta’lim fanlari va 109 tasi xorijiy tillar yo‘nalishida tashkil etilgan.
     Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Respublika miqyosida ajratilgan 121 mlrd so‘mdan o‘zlashtirilgan mablag‘ning 48 foizi Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
   Xorazm tajribasi asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish, qamrov darajasini oshirish hamda maktablarga tushayotgan yuklamani kamaytirish maqsadida DXSh asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari, nodavlat maktablar va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.  Bugungi kunda Xorazm viloyatida  ta’lim tashkilotlarining bo‘sh yer maydonlarida 35 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shundan  6 ta loyiha ishga tushirildi.
Muhtaram Prezidentimiz Xorazmga tashriflari chog‘ida “Biz Xorazmda o‘g‘il-qizlarimizni iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha alohida tizim yaratamiz. Xorazmning bu borada tashrif qog‘ozi IT bo‘ladi” deb  ishonch bildirgan edilar 
    Ushbu tashabbusni Xorazm viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi chuqur anglagan holda pedagog xodimlar, o‘quvchi yoshlar uchun qulayliklar yaratish,  o‘quvchi va pedagoglarni  chet tillarini chuqur o‘rganishlari, pedagog attestatsiyalariga tayyorgarlik ko‘rish, bitiruvchilarni oliy ta’limga tayyorlash,  bir so‘z bilan aytganda o‘quvchi va o‘qituvchilarni bilimini  muntazam oshirib  borish   maqsadida APRO (Assesment program) platformasi yaratilgan.
   Ushbu platforma o‘quvchilarni baholashda o‘quvchilar bilimiga aniq tashxis qo‘yishi mexanizmi  mukammal yaratilganligi sababli Respublikamizdagi 102 ta tumanning agentlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan 116 ta maktablarining 39 ming 640  nafar  o‘quvchilaridan  har chorak yakunidagi choraklik summativ baholash o‘tkazilib, shaffofligi ta’minlanib kelindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning tashabbuslari bilan hayotga tatbiq etilgan «Bir million dasturchi» va uning davomi bo‘lgan  «Besh million dasturchi» loyihasi asosida Respubikada eng yaxshi natijani xorazmlik yoshlar qo‘lga kiritib kelmoqda.
    Loyiha doirasida 2025 yilda Xorazm viloyati umumta’lim maktablarining 150 ming 741 nafar o‘quvchilari sun’iy intellekt bo‘yicha kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarga ega bo‘lishib, Respublikada eng yuqori natijani qayd qilishdi.
    “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida yo‘lga qo‘yilgan “Milliy” talovida  705 ta  sovrinli o‘rindan 403 tasini xorazmlik  o‘quvchi yoshlar qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, “Eng faol maktab” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi Prezident sovg‘asi — BYD elektromobili bilan taqdirlandi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda viloyatda IT sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimi boshqaruviga joriy etish borasida ham Xorazm viloyatida qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari Xorazm viloyatidan boshlandi.
    Bugun Xorazm viloyatida o‘tkazilayotgan seminarimizning asosiy maqsadlaridan biri  bu maktabgacha ta’limni boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari bilan tanishish bo‘lsa, bundan tashqari  yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv dasturlari, darsliklardagi o‘zgarishlarni, yangi o‘quv yilida tizim oldida turgan ustuvor vazifalarni tizim xodimlariga yetkazishdir.
     Ta’limdagi islohotlar, yangilik va o‘zgarishlarni, ta’limga kirib kelgan zamonaviy innovatsiyalarni tuman, shahar forumlarida keng qamrovli tarzda hududlardagi ustozlarga yetkazish, ular esa o‘z navbatida yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin  barcha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib turgan  ta’lim sohasi xodimlariga yetkazishlari lozim bo‘ladi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@..
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb