Yangiliklar

.

Milliy sertifikatni oʻzbek tilida olgan abituriyent rus (yevro) guruhga hujjat topshirishi mumkinmi?

22-yanvar 2026-yil
image

Milliy sertifikatda til masalasida istisno faqat “Ona tili va adabiyot” faniga taalluqli.
 

 

Savol: Qizim maktab bitiruvchisi, bu yil OTMga hujjat topshirmoqchi. Rus maktabda o‘qiydi. Tarix fanidan rus tilida o‘qituvchi topilmagani sababli, hozir o‘zbek tilidagi o‘qituvchiga qatnashyapti. Agar tarix fanidan milliy sertifikatni o‘zbek tilida olsa, rus (yevro) guruhga hujjat topshirishi mumkinmi? Yoki milliy sertifikat faqat topshirilgan til bo‘yicha (o‘zbek — o‘zbekka, rus — rusga) amal qiladimi?

 Javob: Ha, mumkin. Tarix fanidan milliy sertifikat qaysi tilda olinganidan qat’i nazar, rus (yevro) guruhga hujjat topshirishga to‘sqinlik qilmaydi. Milliy sertifikatda asosiy mezon — fan natijasi, uning topshirilgan tili emas. Shuning uchun tarix fanidan milliy sertifikatni o‘zbek tilida olgan holda ham rus guruhga hujjat topshirish mumkin.

 Muhim izoh:
Milliy sertifikatda til masalasida istisno faqat “Ona tili va adabiyot” faniga taalluqli.
Ona tili va adabiyot bo‘yicha:
— o‘zbek tili va adabiyoti,
— rus tili va adabiyoti,
— qoraqalpoq tili va adabiyoti
alohida fanlar hisoblanadi. 
Shuning uchun ona tili va adabiyot fanidan olingan sertifikat faqat shu til bo‘yicha mos guruhda inobatga olinadi.

Boshqa fanlarda — tarix, matematika, fizika va shu kabi fanlarda — sertifikat tilga bog‘lanmaydi. Ya’ni, bu fanlardan sertifikatni qaysi tilda topshirilgani guruh tanloviga ta’sir qilmaydi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb