Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xorazmda pedagog kadrlarning navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari o‘tkazilmoqda

20-avgust 2025-yil
image

56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va shaxsiy kabinetiga elektron sertifikat yuboriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qaroriga muvofiq, pedagog kadrlar bosqichma-bosqich kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb qilinmoqda.

 19–21-avgust kunlari Xorazm viloyatida o‘tkazilayotgan sinovlarda onlayn ariza topshirgan 455 nafar pedagog ishtirok etmoqda.

 Sinov tartibi:

Mutaxassislik fani bo‘yicha – 40 ta test

Pedagogik mahorat bo‘yicha – 10 ta test

Jami – 50 ta test

56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi va shaxsiy kabinetiga elektron sertifikat yuboriladi.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb