Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Maktablarni "Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi

20-dekabr 2022-yil
image

2022-yil Xorazm viloyatida jami 110 ta maktab (80 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 30 ta IDUM) o‘rganildi, shundan 80 tasi (72,7 %) “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘ldi (1 ta 1-darajali, 46 ta 2-darajali va 33 ta 3-darajali).

Barcha harakatlarimiz zamirida farzandlarimizni sifatli bilim olishlariga bo‘lgan harakat yotadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa, ta’lim muassasasi har tamonlama rivojlangan bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda maktablar o‘zi qanday ahvolda, qaysi biri qay jihatdan boshqasidan kuchliroq yoki oqsayapti degan savollar tug‘ilishi tabiiy. Ya’ni o‘ziga xos umumta’lim muassasalari reytingiga ehtiyoj tug‘iladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4537-son qarori bilan aynan shunday reyting tizimini yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, Ofsted va jahon banki ekspertlarini jalb qilgan holda, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar, ushbu talablar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini baholash mezonlari va metodikasi, shuningdek, “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar asosida baholash tartibi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

2022-yil Xorazm viloyatida jami 110 ta maktab (80 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 30 ta IDUM) o‘rganildi, shundan 80 tasi (72,7 %) “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘ldi (1 ta 1-darajali, 46 ta 2-darajali va 33 ta 3-darajali).

Shuni ta’kidlash kerakki, Yangibozor tumanidagi 10-IMI hozirgacha o‘rganilgan maktablar ichida yagona 1-darajali maqom olgan maktab bo‘ldi.

Tumanlar miqyosida olinsa, eng yaxshi natijalarni Shovot tumani (100%), Urganch shahri (88,9%) va Xiva tumani (85,7%) ko‘rsatdi.

Natijalarga ko‘ra maqom ola olmagan maktablar asosan ta’lim va tarbiya jarayoni sohasidan nisbatan past natija qayd ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Bugun viloyat xalq ta’limi boshqarmasida "Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Qahramon Zaripov, maktablar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Zumrad Matqurbanova hamda maktab direktorlari ishtirok qildilar.

Tadbir davomida "Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablar haqida yana bir bor tushuntirilib, 2022-yilda past natija ko‘rsatgan maktablarni "Zamonaviy maktab"larga qo‘yiladigan talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida o'quvchilarning OTMga kirish qamrovi maktablar kesimida tahlil qilindi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb