Yangiliklar
VILOYAT PROKURATURASINING TASHABBUSI BILAN VILOYATDAGI UMUMUTA’LIM MAKTABLARI PSIXOLOG HAMDA INSPEKTOR PSIXOLOGLARI UCHUN SEMINAR TASHKIL QILINDI
20-aprel 2023-yilSeminar davomida maktab psixologlarining lavozim majburiyatlari, inspektor psixologlar va maktab psixologlarining hamkorlikda bajaradigan ishlari, maktab psixologlarining ish hujjatlarining yuritilish tartibi, ish faoliyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, o‘zaro fikr almashildi.
Bugun Urganch shahridagi 22-son maktabda viloyat prokuraturasining tashabbusi bilan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni sifat samaradorligini oshirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar viloyatdagi umumuta’lim maktablari psixolog hamda inspektor psixologlari uchun tashkil qilinib, barcha umumta’lim maktablarini ulanish imkoniyati yaratildi.
Seminarda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qahramon Zaripov, viloyat prokurorining voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat sohasi bo‘yicha katta yordamchisi Jalolbek Kalandarov, viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimi podpolkovnik Maksudbek Madraimov, viloyatdagi umumuta’lim maktablari psixolog hamda inspektor psixologlari ishtirok qildi.
Tadbirni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qahramon Zaripov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Seminar davomida maktab psixologlarining lavozim majburiyatlari, inspektor psixologlar va maktab psixologlarining hamkorlikda bajaradigan ishlari, maktab psixologlarining ish hujjatlarining yuritilish tartibi, ish faoliyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, o‘zaro fikr almashildi.
Ushbu seminar kelgusida tuman va shahar miqyosida o‘tkazilishi rejalashtirildi.