Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Tuproqqal'a tumanida o'quvchilar o'rtasida matematika va ingliz tili fanlaridan tanlov oʻtkazildi

17-aprel 2023-yil
image

Olis hududda joylashgan harbiy prokuraturaga biritirilgan 12-, 13-, 14-, 15-, 16-sonli umumtalim maktablarida tahsil olayotgan 6-sinfdan yuqori sinflar oʻrtasida matematika va ingiliz tili fanlaridan tanlov oʻtkazildi. 

Urganch harbiy prokuraturasi tomonidan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” da yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va taʼlimga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, Tuproqqala tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda olis hududda joylashgan harbiy prokuraturaga biritirilgan 12-, 13-, 14-, 15-, 16-sonli umumtalim maktablarida tahsil oladigan 6-sinfdan yuqori sinflar oʻrtasida matematika va ingliz tili fanlaridan tanlov oʻtkazildi. 
      Tanlov ikki bosqichda oʻtkazilib, ishtirok etgan oʻquvchi yoshlar orasidan “Yosh matematik” va “Ingliz tili bilimdoni” yoʻnalishida 1-, 2- va 3-oʻrin gʻoliblari aniqlandi va  ularga harbiy prokuror Umidbek Nizamov tomonidan qimmatbaho sovgʻa va kitoblar taqdim etildi.


xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb