Yangiliklar

.

“MOHIRLIK VA BIZNES SOATI”: YOSHLAR UCHUN STARTAP IMKONIYATLARI

13-oktabr 2026-yil
image

Bugun Gurlan tumanidagi 2-, 42-, 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari, shuningdek, Gurlan tumani 1-son va Urganch tumani 4-son texnikumlarida “Startap loyihalarni shakllantirish va ularni amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari o‘tkazildi.

 

Tadbirlar davomida o‘quvchi-yoshlarga startap loyihalarni ishlab chiqish, istiqbolli g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish, ularni amalga oshirish bosqichlari hamda mavjud qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarda innovatsion fikrlashni rivojlantirish, tadbirkorlikka qiziqishni oshirish va o‘z biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Asosiy maqsad — yoshlarning innovatsion salohiyatini yuzaga chiqarish, istiqbolli g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida muvaffaqiyatli startap loyihalarini amalga oshirishlari uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.

 

xorazm-vxtb@exat.uz
@..
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb