Yangiliklar

.

SOLIQ SAVODXONLIGI — MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI

12-oktabr 2026-yil
image

Yoshlarning soliq savodxonligini oshirish va kelajakda soliq sohasida faoliyat yuritadigan malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida Xorazm viloyati soliq boshqarmasi xodimlari Urganch shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga davlat budjetini shakllantirishda soliqlarning o‘rni, soliq tushumlari hisobidan ta’lim, tibbiyot, obodonlashtirish va boshqa muhim ijtimoiy sohalar moliyalashtirilishi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, soliq, soliq to‘lovchi, soliq turlari hamda soliq majburiyati kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash har bir fuqaroning burchi ekani, bu mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligiga qo‘shiladigan muhim hissa ekani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida «Farzandlarimizga yoshligidan chek olish madaniyatini o‘rgataylik» mavzusidagi multfilm namoyish etildi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@..
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb