Yangiliklar
Yoshlar uchun “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari o‘tkazildi
8-oktabr 2026-yil
Bugun Gurlan tumanidagi 2-, 42- va 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari, shuningdek, Gurlan tumanidagi 1-son va Urganch tumanidagi 4-son texnikumlarda “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida “Startap loyiha haqida umumiy tushunchalar, startaplar va oddiy biznes loyihalar o‘rtasidagi farqlar” mavzusida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. O‘quvchilarga startaplarning mazmun-mohiyati, asosiy xususiyatlari va ularni yaratish bosqichlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish, yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish hamda startap loyihalarning an’anaviy biznesdan farqli jihatlari tushuntirildi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi — yoshlarda innovatsion fikrlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘z g‘oyalarini istiqbolli startap loyihalarga aylantirish uchun zarur bilim va tushunchalarni shakllantirishdan iborat.