Yangiliklar

.

BOG‘OTDA “EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

7-oktabr 2026-yil
image

Unda umumiy o‘rta va ixtisoslashtirilgan ta’lim maktablarining yuqori natijalarga erishgan, xorijda ta’lim olish istagidagi, shuningdek, kamida B2 darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega 9–11-sinf o‘quvchilari hamda mahallalardagi faol yoshlar ishtirok etdilar.

 

Bog‘ot tumanida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari doirasida iqtidorli yoshlarning xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan foydalanishini kengaytirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktorining birinchi o‘rinbosari Davron Abdurashidov va jamg‘armaning bosh inspektori Qahramon Bektemirov qatnashdi.

Muloqot davomida yoshlarga xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari, jamg‘armaning stipendiya dasturlari, tanlovlarda ishtirok etish shartlari hamda hujjatlarni topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarning xorijda ta’lim olish, xalqaro ta’lim dasturlarida qatnashish va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarini belgilashga oid savollari tinglanib, jamg‘arma vakillari tomonidan atroflicha javob berildi.

Uchrashuv yoshlarni xorijiy tillarni puxta o‘rganish, bilim va salohiyatini oshirish hamda xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanishga undashi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@..
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb