Yangiliklar

.

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA “EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI KUNLARI DOIRASIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

6-oktabr 2026-yil
image

Urganch davlat universitetida xalqaro ta’lim dasturlarini ommalashtirish, yoshlarning xorijda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mamlakatimiz inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari doirasida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

 

 

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Berdiyev, “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktorining birinchi o‘rinbosari Davron Abdurashidov, jamg‘arma bosh inspektori Qahroman Bektemirov, tegishli mutasaddilar, universitetning iqtidorli talabalari, maktab o‘quvchilari hamda xorijda tahsil olishga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Davron Abdurashidov jamg‘armaning ta’lim dasturlari, ochiq stipendiya tanlovlari, ularda ishtirok etish shartlari va hujjatlarni topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, ta’lim yo‘nalishi, xorijiy universitet va mutaxassislikni to‘g‘ri tanlash, nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olish va kelajakdagi ta’lim rejalarini belgilashda muhim imkoniyat bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

xorazm-vxtb@exat.uz
@..
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb