Yangiliklar

.

TA’LIM MUASSASALARIDA QULAY VA TO‘SIQSIZ MUHIT YARATILISHI O‘RGANILMOQDA

2-oktabr 2026-yil
image

Xorazm viloyatidagi inklyuziv ta’lim joriy etilgan umumta’lim maktablarida Ijtimoiy inspeksiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

 

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-16-son Farmoni hamda 2026-yilgi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida maktablarda inklyuziv ta’lim uchun yaratilayotgan sharoitlarni baholash, rekonstruksiya va qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilmoqda.

O‘rganishlar davomida ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari, yaratilgan sharoitlar va ularning tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi ko‘zdan kechirilmoqda. Shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning maktab hududida erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgani hamda qurilish ishlari amaldagi me’yoriy talablarga muvofiq bajarilgani o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Ta’lim muassasalarida bolalar uchun xavfsiz, qulay va to‘siqsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@..
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb