Yangiliklar
BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ USTOZLAR!
30-sentabr 2026-yil
Viloyatimizda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda maktabgacha va maktab ta’limi, oliy hamda o‘rta maxsus ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan fidoyi ustoz va murabbiylar, shuningdek, soha faxriylari ishtirok etdilar.
Tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuq va natijalar haqida to‘xtaldi. Ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularning yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdagi sharafli mehnatiga yuksak baho berdi.
Tadbir davomida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ta’lim sifatini oshirish va soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh tashabbuskor pedagoglarga viloyat hokimining tashakkurnomalari hamda bayram sovg‘alari topshirildi.
Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!