Yangiliklar
XORAZMLIK USTOZLAR YUKSAK DAVLAT MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLANDI
30-sentabr 2026-yil
Quvonarlisi, mukofotlanganlar safidan Xorazm viloyatining fidoyi pedagoglari ham o‘rin oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-sentabrdagi Farmoniga muvofiq, ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh soha vakillari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, mukofotlanganlar safidan Xorazm viloyatining fidoyi pedagoglari ham o‘rin oldi.
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:
Abdullayeva Gulnoz Xasanovna — Urganch tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o‘qituvchisi.
“Sog‘lom turmush” medali bilan:
Boboyev Po‘lat Jumaboyevich — Hazorasp tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi.
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:
Mamatova Nazokat Sharipbayevna — Urganch shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-maktab-internati direktori.
“Shuhrat” medali bilan:
Yo‘ldosheva Nasiba Maxsud qizi — Gurlan tumanidagi “Yo‘ldosheva Nasiba” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi;
Kamalov Ne’matjon Bahodirovich — Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi.
Mazkur yuksak e’tirof ustozlarning ta’lim-tarbiya yo‘lidagi fidokorona mehnati, yosh avlod kamoloti va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir.
Aziz ustozlar, yuksak davlat mukofotlari muborak bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar hamda zafarlar tilaymiz!