Yangiliklar

.

Yangibozorda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning maktab bosqichiga start berildi

28-sentabr 2026-yil
image

Yangibozor tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining maktab bosqichi boshlandi.

 

 

Joriy yilda musobaqalar 10 ta sport turi — quvnoq startlar, shashka, shaxmat, yengil atletika, minifutbol, voleybol, stol tennisi, stritbol, workout va kross-FIT yo‘nalishlarida tashkil etilmoqda.

Musobaqalar davomida o‘quvchilar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon etmoqda.

Mazkur ommaviy sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlashga xizmat qiladi.

Musobaqalarning keyingi bosqichlarida ishtirok etadigan o‘quvchilarga omad va zafar tilaymiz!

xorazm-vxtb@exat.uz
@..
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb