Yangiliklar
Urganch Yoshlar texnoparkida “TexnoTur” tadbiri tashkil etildi
24-sentabr 2026-yil
Urganch shahridagi Yoshlar texnoparkida Urganch shahar 2-son texnikumi hamda Urganch tumanidagi 51-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “TexnoTur” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga Yoshlar texnoparkida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va imkoniyatlar, ta’lim dasturlari, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, texnikum o‘quvchilariga Yoshlar texnoparkida yo‘lga qo‘yilgan “InnoX” dasturi va uning imkoniyatlari tanishtirildi.
Tashrif davomida yoshlar texnoparkdagi faoliyat yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Bunday tadbirlar yoshlarning ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini oshirish, innovatsion fikrlashini rivojlantirish hamda kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyat yo‘nalishini tanlashiga ko‘maklashadi.