Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

GANDBOLCHI QIZLARIMIZ POKISTONDAN OLTIN MEDALLAR BILAN QAYTISHDI

9-mart 2023-yil
image

Pokiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston terma jamoalari qatnashgan mazkur musobaqa mamlakatimiz terma jamoalarining g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. 

Xabaringiz bor, 2-6-mart kunlari Pokistonning Faysalobod shahrida gandbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida ikki yosh toifasida IHF Trophy - Central Asia Zone III (IHF Kubogi - Markaziy Osiyo III mintaqasi) bo‘lib o‘tdi.

Pokiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston terma jamoalari qatnashgan mazkur musobaqa mamlakatimiz terma jamoalarining g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. 

 

Unda ikkala yosh toifasida ham bironta uchrashuvni boy bermay, haqli ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, Urganch tumani 19-son maktabning 7 nafar gandbolchi qizlari ham faol ishtirok qildilar.
Bugun gandbolchi qizlarimiz Pokistondan oltin medallar bilan qaytib kelishdi. Ularni Urganch temir yo‘l vokzalida Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, Urganch tumani 19-son maktab direktori va o‘qituvchilari, sportchi qizlarning ota-onalari kutib oldilar.

 

 

Boshqarma boshlig‘i Xamro Bektemirov gandbolchi qizlarni erishgan yutuqlari bilan samimy tabriklab, kelgusida bundanda yuqori cho‘qqilarni zabt qilishlarini tiladi.

 

O‘z navbatida terma jamoa delegatsiyasi rahbariyatini, sportchi qizlarimizni, ularning trenerlari va barcha o‘zbekistonliklarni yuksak yutuq bilan qutlaymiz.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb