Yangiliklar
Vazir Xorazmda: ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
17-sentabr 2026-yil
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, hududdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Tashrif davomida vazir Urganch shahri va Xonqa tumanidagi ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonining samarali tashkil etilishi, pedagoglarning faoliyati va ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Pedagoglar bilan muloqotlar davomida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni yanada takomillashtirish, ta’lim sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va o‘quvchilar uchun qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tashrif davomida ta’lim tizimida olib borilayotgan ishlarni joylarda o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi.