Yangiliklar

.

“Mustaqillik — mening nigohimda” rasmlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda

14-sentabr 2026-yil
image

Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv hamda uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Mustaqillik — mening nigohimda” mavzusida rasmlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.

 

 

Mazkur ijodiy tanlov o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy qobiliyatini namoyon etishi, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini ranglar va tasvirlar orqali ifoda etishi uchun imkoniyat yaratmoqda.

Tanlovning shahar va tuman bosqichlarida inklyuziv hamda uyda ta’lim olayotgan faol, iqtidorli va tashabbuskor o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan rasmlarda Vatanga muhabbat, Mustaqillik shukuhi, tinch va farovon hayot hamda bolalarning ezgu orzu va intilishlari o‘ziga xos tarzda aks ettirilmoqda.

Tanlov yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar munosib rag‘batlantirildi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@..
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb