Yangiliklar
Yoshlarda soliq savodxonligini oshirishga qaratilgan ma’rifiy muloqot tashkil etildi
11-sentabr 2026-yil
2026-yil 10-sentabr kuni mazkur maktab o‘quvchilari ishtirokida ularning soliq sohasidagi bilim va tushunchalarini boyitishga qaratilgan ma’rifiy muloqot tashkil etildi.
Soliq sohasida malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish doirasida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Urganch shahridagi 26-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi soliq sohasida kengaytirilgan ta’lim beriladigan ta’lim muassasasi sifatida belgilangan.
2026-yil 10-sentabr kuni mazkur maktab o‘quvchilari ishtirokida ularning soliq sohasidagi bilim va tushunchalarini boyitishga qaratilgan ma’rifiy muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida o‘quvchilarga soliqlarning davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi o‘rni, ular hisobidan ta’lim, tibbiyot, obodonlashtirish, ijtimoiy himoya va boshqa muhim yo‘nalishlar moliyalashtirilishi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, soliq, soliq to‘lovchi, soliq turlari, soliq majburiyati, davlat budjeti kabi muhim tushunchalarning mazmun-mohiyati sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi.
Tadbir davomida soliqlarni o‘z vaqtida va qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lash har bir fuqaroning muhim majburiyatlaridan biri ekani, bu orqali mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligiga munosib hissa qo‘shish mumkinligi ta’kidlandi.
Muloqot yakunida yoshlarning soliq savodxonligini oshirish, ularda iqtisodiy bilim va mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlarni muntazam davom ettirish muhimligi qayd etildi.