Yangiliklar
Xorazm maktablarida 66 nafar xorijlik mutaxassis faoliyat olib bormoqda
9-sentabr 2026-yil
Ayni kunlarda viloyatdagi qator maktablarda xorijlik mutaxassislar tantanali ravishda kutib olinib, ta’lim jarayonidagi faoliyatlarini boshlamoqdalar.
Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xorijlik mutaxassislarni kutib olish va ularning pedagogik faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonlari davom etmoqda.
Xorijlik mutaxassislarning maktablardagi faoliyati, avvalo, o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan.
Bugungi kunda Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga 66 nafar xorijlik mutaxassis jalb qilingan.
Mazkur mutaxassislarning faoliyati orqali o‘quvchilarning xorijiy tillarni amaliy o‘zlashtirish imkoniyatlari kengayib, ta’lim jarayoniga xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlarni olib kirishga xizmat qilmoqda.