Yangiliklar

.

Maktablarda madaniyat va sanʼat yoʻnalishida toʻgaraklar tashkil etiladi

3-sentabr 2026-yil
image

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 27-avgustdagi tegishli buyrugʻiga asosan, “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PQ-103-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan ushbu tartibga ko‘ra:

Yangi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarida “Dutor”, “Milliy raqs”, “Yosh doirachilar” hamda “Tasviriy sanʼat” yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Toʻgaraklarda oʻquvchilar chuqurlashtirilgan dastur bo‘yicha haftasiga 2 soatdan (jami 72 soat) saboq oladilar. Shuningdek, toʻgarak aʼzolari oʻrtasida turli tanlovlar va ko‘riklar tashkil etilib, iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi.

Mazkur toʻgaraklarni tashkil etishdan asosiy maqsad — yoshlar oʻrtasida milliy sanʼatimizni keng targʻib qilish va uni kelajak avlodga munosib tarzda yetkazishdan iborat.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb