Yangiliklar
Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi o‘quv yiliga ilk qadam!
2-sentabr 2026-yil
Bugun Xorazm viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining ilk kuni — “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.
Joriy o‘quv yilida viloyatimizdagi 544 ta umumta’lim maktabining 1-sinfiga 41 ming 464 nafar o‘quvchi qabul qilindi. Bugun minglab bolajonlar uchun maktab ostonasidagi ilk qadam, ilk qo‘ng‘iroq sadosi va yangi bilimlar sari katta yo‘l boshlandi.
Ahamiyatlisi, barcha 1-sinf o‘quvchilariga 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat 41 ming 464 dona “Prezident sovg‘alari” to‘liq yetkazib berildi.
Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchi va o‘qituvchilarimiz uchun muvaffaqiyatli va zafarlarga boy bo‘lishini tilaymiz!