Yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar — Xorazm ta’limi rivojiga yangi impuls!
28-avgust 2026-yil
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda ilg‘or xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoniga muvofiq, Xorazm viloyatidagi umumta’lim muassasalariga 133 nafar xorijlik mutaxassisni jalb etish rejalashtirilgan.
Ayni paytda ushbu jarayonning dastlabki bosqichi sifatida 25 nafar xorijlik mutaxassis Xorazm viloyatiga yetib keldi va ta’lim muassasalarida o‘z faoliyatini boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Xorijiy pedogoglarning jalb etilishi orqali:
-
Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy va samarali metodikalari ommalashtiriladi;
-
O‘quvchilarning til ko‘nikmalari hamda kommunikativ kompetensiyasi rivojlantiriladi;
-
Mahalliy pedagoglar bilan yaqin tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi;
-
Xalqaro ta’lim tajribasi maktablarimiz amaliyotiga keng joriy etiladi.
Asosiy maqsad — xorijiy tillarni puxta egallagan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh yoshlar avlodini kamolga etkazishdir.