Yangiliklar

.

Gurlan tumanida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

27-avgust 2026-yil
image

 

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida Gurlan tumanida yana bir zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Tuman "Chinobod" MFY hududida bunyod etilgan 210 o‘rinli ushbu zamonaviy bog‘cha bolajonlar va ularning ota-onalari ixtiyoriga topshirildi. Mazkur obyekt O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori asosida amalga oshirilgan bunyodkorlik va bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlarining amaliy ifodasidir.

Ma’lumot uchun, ushbu yangi muassasaning ochilishi bilan Gurlan tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 38 taga yetdi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb