Yangiliklar

.

Xorazmlik bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish bo‘yicha o‘rtacha balli sezilarli o‘sdi

26-avgust 2026-yil
image

 

2026-yilda Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tamomlagan bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridagi natijalari quvonarli ko‘rsatkichlar bilan qayd etildi.

Xususan, test sinovlarida qatnashgan 21 714 nafar bitiruvchining o‘rtacha ko‘rsatkichi 94,4 ballni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi natijaga (80,9 ball) nisbatan 13,5 ballga yuqoridir.

Shuningdek, 9 030 nafar bitiruvchi davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etildi. Bu umumiy testda qatnashganlarning 31,9 foizini tashkil etib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,3 foizga ko‘pdir. E’tiborlisi, bitiruvchilarning 44,6 foizi 94,5 ball va undan yuqori natijani qayd etishgan.

Mazkur erishilgan natijalar — xorazmlik yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, pedagoglarning fidokorona mehnati hamda hududda ta’lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan izchil ishlarning amaliy samarasidir.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb