Yangiliklar

.

Koreya tajribasi — raqamli ta’lim sari muhim qadam!

25-avgust 2026-yil
image

 

Bugungi ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali foydalanish — zamonaviy pedagogning eng muhim ko‘nikmalaridan biri hisoblanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Seul shahar Ta’lim boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan “KLIC Training Program–2026” dasturi doirasida Seul shahrida “Ta’limni raqamlashtirish” mavzusidagi o‘quv kursida ishtirok etgan Shovot tumani 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi So‘najon Yusupova hududdagi informatika o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.

“Raqamli ta’limning globallashuvi” mavzusida tashkil etilgan ushbu seminarda pedagoglarga Koreya ta’lim tizimining ilg‘or tajribalari, raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan dars jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida robototexnika yo‘nalishida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, Mikrotik qurilmasining ishlash tamoyillari namoyish etildi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni ta’limga integratsiya qilish bo‘yicha tajribalar o‘rtoqlashildi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb