Yangiliklar
O‘quvchilarimiz Islom sivilizatsiyasi markazi va Amir Temur muzeyiga tashrif buyurdilar
21-avgust 2026-yil
Xorazmlik o‘quvchilarning poytaxtimiz bo‘ylab ma’rifiy sayohati unutilmas taassurotlarga boy tarzda davom etmoqda.
Sayohat davomida o‘quvchilar Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, xalqimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi, buyuk allomalarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho xazinalar hamda milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, yoshlar Amir Temur muzeyiga tashrif buyurib, Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davri tarixi, davlat boshqaruvi, harbiy san’at hamda madaniy merosga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bunday ma’rifiy va ma’naviy sayohatlar o‘quvchilarning boy tariximizga bo‘lgan qiziqishini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda ularda milliy g‘urur tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.