Yangiliklar
V “Ustozlar milliy forumi” ishtirokchilari sertifikatlar bilan taqdirlandi
20-avgust 2026-yil
Urganch shahrida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan V “Ustozlar milliy forumi” yakunida faol ishtirok etgan pedagoglarga sertifikatlar topshirildi.
Forum doirasida ustozlar 11 ta sho‘ba yo‘nalishida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, zamonaviy ta’lim tendensiyalari, ilg‘or pedagogik yondashuvlar va samarali metodikalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar.
Faol pedagoglarni sertifikatlar bilan taqdirlash ularning kasbiy rivojlanishga bo‘lgan intilishi hamda ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga munosib e’tirof bo‘ldi.