Yangiliklar
Xorazmda V “Ustozlar milliy forumi”ga start berildi
19-avgust 2026-yil
Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filialida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Qahramon Zaripov so‘zga chiqib, forum ishtirokchilarini samimiy qutladi hamda anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Mazkur forum ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda soha xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qiladi.