Yangiliklar
Xorazmda “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi boshlandi
18-avgust 2026-yil
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining Xorazm viloyati bosqichi doirasida navbatdagi sinov — raqamli va ijtimoiy-siyosiy savodxonlik bo‘yicha test sinovi boshlandi.
Bugungi test sinovi Urganch shahridagi 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Malaka sinovi markazi”da o‘tkazilmoqda.
Sinov jarayonida ishtirokchilar raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari, ijtimoiy-siyosiy bilimlari hamda zamonaviy axborot makonida to‘g‘ri yo‘nalish olish borasidagi bilim va salohiyatlarini namoyon etmoqda.
Tanlov ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalari belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
Barcha ishtirokchilarga sinov jarayonlarida omad va yuqori natijalar tilaymiz!