Yangiliklar

.

“Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining Xorazm viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda

17-avgust 2026-yil
image

 

Xorazm viloyatida umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda.

Mazkur tanlov umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, yosh avlodni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 39 nafar faol va tashabbuskor pedagog viloyat bosqichida ishtirok etmoqda.

Tanlov ishtirokchilari taqdimot shartida o‘zlarining kasbiy mahorati, ijodiy yondashuvi va ilg‘or tajribalarini namoyon etib, o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan samarali loyihalarini taqdim etmoqda.

Tanlovning asosiy maqsadi — barkamol avlod tarbiyasida faol ishtirok etayotgan ijodkor va tashabbuskor pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish hamda munosib rag‘batlantirishdan iborat.

Milliy qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirish — ma’naviy barkamol va vatanparvar avlodni tarbiyalashning muhim omillaridan biridir.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb