Yangiliklar

.

Mezonlarga asoslangan baholash tizimi bo‘yicha seminar-treninglar boshlandi

14-avgust 2026-yil
image

 

Joriy yilning 14–15-avgust kunlari Xorazm viloyatida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rahbar va pedagog xodimlari uchun mezonlarga asoslangan baholash tizimi bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Seminar-treninglarning ochilish marosimi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filialida bo‘lib o‘tdi.

Unda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X. Bektemirov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “O‘quvchilar bilimini baholash va tahlil qilish, apostil xizmatini ko‘rsatish” boshqarmasi boshlig‘i U. Nuriyeva, vazirlik va boshqarma xodimlari hamda seminar-trening ishtirokchilari qatnashdi.

Tadbir davomida mezonlarga asoslangan baholash tizimining mazmun-mohiyati, uni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish, baholash jarayonining shaffofligini ta’minlash hamda pedagoglarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng seminar ishtirokchilari guruhlarga bo‘linib, belgilangan xonalarda amaliy mashg‘ulotlarni davom ettirdilar.

Mazkur seminar-treninglar pedagoglarning mezonlarga asoslangan baholash tizimi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy baholash yondashuvlarini amaliyotga samarali joriy etishga xizmat qiladi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb