Yangiliklar
“Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusidagi respublika o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
13-avgust 2026-yil
Joriy yilning 11–13-avgust kunlari Xorazm viloyatida “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida Respublika o‘quv seminari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov hamda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova so‘zga chiqib, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdilar.
Seminar doirasida ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida umumta’lim maktablarini ta’mirlash, ularning moddiy bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini yaxshilashga munosib hissa qo‘shgan bir guruh mas’ul rahbarlar “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur seminar ta’lim sohasida tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish va kelgusidagi vazifalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.