Yangiliklar

.

Ishtirokchilarning dastlabki manzili — “Renessans” ta’lim tashkiloti

12-avgust 2026-yil
image

 

Seminar ishtirokchilarining Xorazm viloyatiga tashrifi “Renessans” nodavlat ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishishdan boshlandi.

Tashrif davomida ishtirokchilar ta’lim tashkilotida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda ilg‘or pedagogik yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, ta’lim jarayonida Xitoy metodikasi asosida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar, ularning mazmun-mohiyati va amaliy samaradorligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashib, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va faoliyatga tatbiq etish bo‘yicha yangi g‘oyalarga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashrif seminar ishtirokchilari uchun ta’lim sohasidagi zamonaviy tajribalarni o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish va samarali hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb