Yangiliklar
Xorazmga mehmonlarning tashrifi davom etmoqda
11-avgust 2026-yil
Poytaxtimiz va Toshkent viloyatidan Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan seminar ishtirokchilari hududimizga yetib keldi.
Mehmonlarni kutib olish jarayonlari ko‘tarinki kayfiyat, samimiy muloqot va Xorazmga xos mehmondo‘stlik ruhida davom etmoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Xorazm tajribasi”ni o‘rganish, hududda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ilg‘or yondashuvlar bilan yaqindan tanishish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashishdan iborat.
Mazkur tashrif ta’lim sifatini yanada oshirish, samarali boshqaruv va zamonaviy yondashuvlarni ommalashtirish, yangi tashabbus va g‘oyalarni hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorazmda tajriba almashinuvi, hamkorlik va yangi g‘oyalar sari muhim qadamlar davom etmoqda.