Yangiliklar
Xorazmlik pedagoglar Fransiyaga malaka oshirish uchun yo‘l oldilar
10-avgust 2026-yil
Xalqaro hamkorlik
Xorazm viloyatining 13 nafar umumta’lim maktabi o‘qituvchisi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, zamonaviy pedagogik yondashuv va ta’lim metodikalarini o‘zlashtirish maqsadida Fransiya Respublikasining Nitssa shahriga malaka oshirish uchun yo‘l oldilar.
Mazkur xalqaro malaka oshirish safari Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori J.K. Salayev hamda professor-o‘qituvchi N.E. Sabirova boshchiligida amalga oshirilmoqda.
Tashrif davomida pedagoglar Fransiya ta’lim tizimi va ilg‘or pedagogik tajribasi bilan yaqindan tanishish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘rganish, kasbiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro tajribalarni o‘z pedagogik faoliyatiga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ushbu xalqaro malaka oshirish dasturi xorijiy ilg‘or tajribalarni Xorazm viloyati umumta’lim maktablari amaliyotiga joriy etish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish va ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.