Yangiliklar
Xorazm viloyatida “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo'lib o'tmoqda
4-avgust 2026-yil
Nomzodlar 30 metrga yugurish, turgan joydan uzunlikka sakrash, egiluvchanlik, qo‘l kuchi hamda arqonchada sakrash bo‘yicha belgilangan me'yorlar asosida baholanmoqda.
2026–2027-o‘quv yili uchun viloyatda faoliyat yuritayotgan 13 ta “Jasorat maktabi”ga 338 ta qabul kvotasi ajratilgan bo‘lib, ushbu o‘rinlar uchun 1869 nafar talabgor hujjat topshirgan.
Jismoniy tayyorgarlik sinovlari ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilib, nomzodlarning jismoniy salohiyati hamda tayyorgarlik darajasini aniqlashga xizmat qilmoqda.