Yangiliklar
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga murojaat qiling!
27-avgust 2026-yil
Hurmatli o‘qituvchilar, tarbiyachilar, o‘quvchilar va ota-onalar!
Ta’lim sifatini yanada oshirish, sohadagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, yangi tashabbus va loyihalarni ilgari surishda Sizning fikr, taklif va murojaatlaringiz muhim ahamiyatga ega.
Quyidagi masalalar yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin:
-
ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar;
-
korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan ma’lumot va faktlar;
-
yangi tashabbus va loyihalar;
-
ta’lim-tarbiya jarayoniga oid muammo va takliflar;
-
fikr va mulohazalar.
Murojaat yuborish uchun:
Telegram-bot: @Xorazm_MMTBbot
Rasmiy veb-sayt: xorazm.uzedu.uz
Facebook: Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
Yuborilgan murojaat va takliflar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganiladi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda asosli takliflarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
Ta’lim va tarbiya — barchamizning birgalikdagi mas’uliyatimiz!