Yangiliklar

.

Xorazmda “Bola, o‘yin va pedagog” seminar-treningi o‘tkazildi

31-iyul 2026-yil
image

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 4-iyundagi buyrug‘i asosida tasdiqlangan “Bola, o‘yin va pedagog” loyihasini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish doirasida tashkil etildi.

 

Urganch shahrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun “O‘yinga asoslangan ta’lim metodikasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish” mavzusida “Bola, o‘yin va pedagog” seminar-treningi o‘tkazildi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 4-iyundagi buyrug‘i asosida tasdiqlangan “Bola, o‘yin va pedagog” loyihasini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish doirasida tashkil etildi.

Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, metodistlar, tarbiyachilar, pedagoglar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, o‘yinga asoslangan ta’lim metodikasining nazariy va amaliy jihatlari bilan tanishdilar.

Seminar davomida “Bola, o‘yin va pedagog: o‘zaro hamkorlik modeli”, “Yuqori sifatli o‘zaro munosabat strategiyalari”, “O‘yin orqali ta’limni rejalashtirish” hamda o‘yin muhitini tashkil etish mavzularida interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar bolalarning mantiqiy fikrlashi, ijodkorligi va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda o‘yinning o‘rni, shuningdek, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.

Seminar davomida o‘zlashtirilgan ilg‘or tajriba va samarali metodik yondashuvlar viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb