Yangiliklar
Xorazmda “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi: test sinovlariga start berildi
30-iyul 2026-yil
Jarayonda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etib, tanlov qatnashchilariga samimiy tilaklarini bildirdilar.
“Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqichi belgilangan dastur asosida davom etmoqda.
Bugun tanlovning muhim yo‘nalishlaridan biri — kitobxonlik bo‘yicha test sinovlari boshlandi. Test jarayonlari Urganch shahridagi 17-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan **“Malaka sinovi markazi”**da o‘tkazilmoqda.
Jarayonda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etib, tanlov qatnashchilariga samimiy tilaklarini bildirdilar.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’uli tomonidan test sinovlarini o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari hamda ishtirokchilar amal qilishi lozim bo‘lgan tartib-qoidalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur yo‘nalishda ishtirokchilar tasdiqlangan adabiyotlar asosida tuzilgan 40 ta test savoliga javob bermoqda. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanib, ishtirokchilar jami 80 ballgacha to‘plash imkoniyatiga ega.
Barcha ishtirokchilarga omad, yuqori natijalar va munosib muvaffaqiyatlar tilaymiz!