Yangiliklar

.

Xorazmda “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi davom etmoqda

29-iyul 2026-yil
image

Tanlov ishtirokchilari jami 100 ballik tizim asosida ikki yo‘nalishda baholanmoqda

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilayotgan mazkur bosqichda viloyatimizning tuman va shaharlaridan saralangan 26 nafar pedagog o‘z bilim, mahorat va kasbiy salohiyatini namoyon etmoqda.

Tanlov ishtirokchilari jami 100 ballik tizim asosida ikki yo‘nalishda baholanmoqda:

1. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishi — 20 ball.
Nomzodlarning shaxsiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy faoliyati, shuningdek, sinfdan tashqari faoliyati hamda tashabbuslari taqdimot asosida baholanadi.

2. Kitobxonlik bo‘yicha test sinovi — 80 ball.
Ishtirokchilar tasdiqlangan adabiyotlar ro‘yxati asosida tuzilgan 40 ta test savoliga javob beradilar.

Tanlovning navbatdagi kunida ham xorazmlik pedagoglar o‘zlarining bilim va kasbiy mahoratlarini munosib namoyon etib, yuqori natijalar uchun bahslashmoqda.

Xorazmlik ustozlarga omad, kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyat tilaymiz!

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb