Yangiliklar
Xorazmlik iqtidorli yoshlar xalqaro yozgi ta’lim dasturlarida ishtirok etmoqda
27-iyul 2026-yil
Jumladan, Urganch shahridagi 10-son umumta’lim maktabi o‘quvchisi Shohzodbek G‘anijanov AQShning nufuzli Ivy League universitetlaridan biri — University of Pennsylvania (UPenn) tomonidan tashkil etilgan xalqaro yozgi ta’lim dasturida qatnashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF–86-son Farmoni asosida amalga oshirilayotgan “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida iqtidorli yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari izchil kengaytirilmoqda.
Mazkur dasturga saralangan 1 500 nafar o‘quvchi orasidan eng yuqori natijalarni qayd etgan 40 nafar iqtidorli yosh AQSh va Xitoyda tashkil etilgan nufuzli xalqaro yozgi ta’lim dasturlarida ishtirok etmoqda.
Ular orasida Xorazm viloyatining iqtidorli yoshlari ham bor.
Jumladan, Urganch shahridagi 10-son umumta’lim maktabi o‘quvchisi Shohzodbek G‘anijanov AQShning nufuzli Ivy League universitetlaridan biri — University of Pennsylvania (UPenn) tomonidan tashkil etilgan xalqaro yozgi ta’lim dasturida qatnashmoqda.
Shuningdek, “Unione” School maktabi o‘quvchisi Islombek Odambayev Xitoyning Shanxay shahridagi nufuzli Fudan University bazasida tashkil etilgan xalqaro yozgi ta’lim dasturida ishtirok etmoqda.
Xalqaro dastur davomida o‘quvchilar nufuzli professor-o‘qituvchilardan saboq olib, zamonaviy ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishmoqda, xorijlik tengdoshlari bilan tajriba almashmoqda hamda kelgusidagi akademik faoliyati uchun muhim bilim va tajribaga ega bo‘lmoqda.
Iqtidorli yoshlarimizga xalqaro maydonda yangi marralar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!