Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

MAKTABDA MEDIA-TUR O‘TKAZILDI

22-fevral 2023-yil
image

Tadbir Urganch shahridagi 25-son umumiy o’rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 2023-yil 22-fevral kuni Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida “Ta’lim muassasalarida oziq-ovqat sifati va xavfsizligi bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari hamda о‘smirlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, himoyalash va saqlash" mavzusida media-tur o‘tkazildi.

Tadbir Urganch shahridagi 25-son umumiy o’rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tarqatilayongan bepul nonushta jarayoni, maktab psixologlari tomonidan o‘smir yoshidagi o‘quvchilar bilan olib borilayotgan psixologik mashg‘ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Ishtirokchilar tadbir davomida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb