Yangiliklar
Xorazmlik o‘quvchi — Xalqaro nemis tili olimpiadasi sovrindori!
23-iyul 2026-yil
Mazkur yutuq yosh iste’dod egasining nemis tilini o‘rganishdagi yuqori salohiyati va intilishlarining yorqin ifodasi bo‘lishi bilan birga, Xorazm ta’lim tizimining xalqaro miqyosdagi navbatdagi muvaffaqiyatlaridan biridir.
Urganch shahridagi 19-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Olimbek Baxtiyorov Germaniyada 13–22-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan **Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO 2026)**da munosib ishtirok etib, B1 daraja bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur yutuq yosh iste’dod egasining nemis tilini o‘rganishdagi yuqori salohiyati va intilishlarining yorqin ifodasi bo‘lishi bilan birga, Xorazm ta’lim tizimining xalqaro miqyosdagi navbatdagi muvaffaqiyatlaridan biridir.
Olimbek Baxtiyorovni ushbu munosib natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Unga kelgusidagi o‘qishlari, ilmiy izlanishlari va xalqaro tanlovlarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!