Yangiliklar
Тarix saboqlari – kelajak bunyodkorlari uchun ilhom manbai
22-iyul 2026-yil
Navbatdagi sayohat davomida o‘quvchilar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “O‘quvchi-yoshlarni muzeylarga ma’rifiy sayohati” loyihasi doirasida Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga tashrif buyurgan faol o‘quvchilarning ma’rifiy sayohati davom etmoqda.
Navbatdagi sayohat davomida o‘quvchilar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida yoshlar yurtimizning ko‘p asrlik davlatchilik tarixi, boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va buyuk ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ilmiy-ma’naviy meros bilan yaqindan tanishdilar.
Muzeylardagi noyob eksponatlar orqali o‘quvchilar xalqimizning shonli o‘tmishi, Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat, me’morchilik hamda bunyodkorlik sohalarida erishilgan yuksak natijalar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bunday ma’rifiy sayohatlar yosh avlodning tarixiy xotirasini boyitish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, shuningdek, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.