Yangiliklar
Huquqiy nigilizmga qarshi kurash — korrupsiyaning oldini olishning muhim omili
5-avgust 2026-yil
Mazkur yo‘nalishda boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat sho‘basi bosh mutaxassisi A. Xasanov tomonidan “Huquqiy nigilizm unga qarshi kurash — korrupsiyaning ildizini quritadi” mavzusida maqola tayyorlandi.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat sho‘basi bosh mutaxassisi A. Xasanov tomonidan “Huquqiy nigilizm unga qarshi kurash — korrupsiyaning ildizini quritadi” mavzusida maqola tayyorlandi.
Maqolada huquqiy nigilizmning mazmun-mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, korrupsiyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar hamda ularni bartaraf etishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati atroflicha yoritilgan.
Shuningdek, ta’lim tizimida huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlangan.