Yangiliklar

.

Ajdodlar ilmiy merosi yoshlar nigohida

21-iyul 2026-yil
image

Loyiha doirasida Xorazm viloyatidan 100 nafar faol o‘quvchining Toshkent shahriga ma’rifiy sayohati tashkil etildi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “O‘quvchi-yoshlarni muzeylarga ma’rifiy sayohati” loyihasi doirasidagi tadbirlar izchil davom etmoqda.

Loyiha doirasida Xorazm viloyatidan 100 nafar faol o‘quvchining Toshkent shahriga ma’rifiy sayohati tashkil etildi.

Sayohatning dastlabki manzillaridan biri — Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘lib, u yerda o‘quvchilar xalqimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi, qadimiy tamaddun tarixi hamda buyuk allomalarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, o‘quvchilar G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz ko‘rsatgan jasorat va matonat, Vatan ozodligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Ma’rifiy sayohat davom etmoqda. Dasturga muvofiq, o‘quvchilar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ham tashrif buyuradilar. Ushbu sayohatlar yoshlarning tarixiy tafakkuri, milliy g‘ururi va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb