Yangiliklar
“Jasorat uchqunlari” musobaqasi gʻoliblari taʼlim sayohatiga yuborildi
20-iyul 2026-yil
Musobaqa nizomiga muvofiq, respublika bosqichi gʻoliblari hamda ularning ustozi xorijiy davlatga taʼlim sayohati bilan ragʻbatlantiriladi.
Joriy yilning iyun oyida “Jasorat maktablari”ning 5–9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi 1-sonli AFCHOʻMning “Jasorat sinfi” jamoasi bugun Ozarbayjon Respublikasiga taʼlim sayohatiga joʻnab ketdi.
Musobaqa nizomiga muvofiq, respublika bosqichi gʻoliblari hamda ularning ustozi xorijiy davlatga taʼlim sayohati bilan ragʻbatlantiriladi.
Taʼlim sayohati davomida oʻquvchilar Ozarbayjonning tarixiy va madaniy maskanlari, taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishib, turli maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etadilar.