Yangiliklar

.

O‘zbek tilida yangi so‘z va atamalar rasmiy muomalaga kiritildi

17-iyul 2026-yil
image

O‘zbek tilining zamonaviy rivojlanishini ta’minlash, uning ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida yangi so‘z va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid xorijiy o‘zlashmalarning o‘zbek tili qoida va me’yorlariga mos milliy muqobillari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda tavsiya etildi.

Mazkur tashabbus o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish, terminologik tizimni milliylashtirish, atamalarning yagona me’yor asosida qo‘llanilishini ta’minlash hamda davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

xorazm-vxtb@exat.uz
@xorazmvmmtb
@Xorazm_MMTB
/xorazm_vmmtb